Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

AGRO.UZ > Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
AGRO.UZ > Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
ramin
Gasanov Ramin Aliyevich
Boshqarma boshlig‘i
Ish vaqti: 09:00 – 18:00
Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari: 
  1. Vazirlikda, shuningdek tizim tashkilotlarida grant loyihalarini ishlab chiqish jarayonlarini muvofiqlashtirish hamda moliyalashtirish uchun taklif qilingan loyihaviy tashabbuslarini tasdiqlash.
  2. Tashqi bepul yordam loyihalarining hisobini taʼminlash va ularning bajarilishini nazorat qilish.
  3. O‘zbekiston Respublikasi va donorlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
  4. O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan jalb qilingan tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni amalga oshirish uchun normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda ishlab chiqishda ishtirok etish.

Vazirlik milliy hamkor etib belgilangan hamda bevosita vazirlik tomonidan jalb etilgan grant loyihalarini amalga oshirilishini taʼminlanishini tashkil etish sohasida:

– tegishli parametrlarni inobatga olgan holda, davlat organlari va tashkilotlarini, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatlarni xorijiy davlatlar, xalqaro kompaniyalar, fondlar, davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi taklif qilingan loyihalarni shakllantirish boshlanganligi to‘g‘risida xabardor qilish;

– tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb qilish uchun donor tashkilotlari bilan muzokaralar olib borish hamda donor tashkilotlari bilan samarali hamkorlik qilish dasturini ishlab chiqish;

– vazirlikda, shuningdek tizim tashkilotlarida tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarni monitoring qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

– grant hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan muammolarni bartaraf etishga, shu jumladan tegishli davlat tashkilotlari bilan o‘zaro aloqalari orqali yordam berish;

– xorijiy donorlik missiyalariga grant loyihalarini ishlab chiqish uchun zarur maʼlumotlarni olishda yordam beradi, shuningdek ushbu missiyalarning manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga ko‘maklashish;

– vazirlikning tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida, amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etish.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: