Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zagroinspeksiya”ning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan 2023-yil mobaynida 7,58 gektar yer maydonida o‘zboshimchalik bilan yer maydonlarining qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan 123 ta holatda yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jami 6 mlrd 356 mln 332 ming 670 so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan Prokuraturaga 103 ta va IIB tergov bo‘linmalariga 20 ta xulosalar berilgan hamda 1 holatda yetkazilgan zararni ixtiyoriy qoplash yuzasidan ogohlantirish xati chiqarilgan.
Chunonchi, Termiz tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Javidbek” MCHJ rahbari F.Xolov tomonidan 58,3 ball bonitetiga teng bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydoniga o‘zboshimchalik bilan qorovulxona, molxona, oshxona kabi jami 2 ming 552 kvadrat metr o‘lchamdagi sug‘oriladigan yer maydonida noqonuniy bino qurilishi aniqlangan. Ushbu holat bo‘yicha yetkazilgan zararni ixtiyoriy qoplash yuzasidan ogohlantirish xati chiqarilib, ijrosi ta’minlangan.
Qolaversa, viloyatning Angor, Termiz, Muzrabot, Sherobot, Qumqo‘rg‘on tumanlarida faoliyat yuritib kelayotgan fermer xo‘jaliklari tomonidan yer maydonlarida samarali va maqsadli foydalanishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilib, aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berilgan.
Hozirgi kunda yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan Prokuratura hamda IIB tergov bo‘linmalari tomonidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: