O’zR Qishloq xo’jaligi vazirligi ishtirokida O’zbekiston 24 telekanali orqali namoyish etiladigan “Studiya 24” dasturining navbatdagi soni agrar sohadagi taʼlimga bag‘ishlandi. Unda quyidagi fikrlar bildirildi:
2022-2023-o‘quv yilidan boshlab Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti ish boshlaydi.
So‘nggi besh yilda agrar sohaga 2 milliard 500 million dollar xorijiy kreditlar jalb qilindi. Hozirgacha shundan 1 milliard 700 million dollari o‘zlashtirilib, 4 mingga yaqin loyiha amalga oshirilgan.
Bugungi kunda umumiy qiymati 400 million dollarlik 580 ta yangi loyiha shakllantirilgan.
2022-yilda 6 ta viloyatda qariyb 2 ming gektar intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etilishi, jami 115 ming tonnali 17 ta kichik agrologistika markazi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Qolgan maʼlumotlarni kanalimizda beriladigan ko‘rsatuvning to‘liq talqinidan bilib olishingiz mumkin.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: