Xalqimizda hashar deb nomlangan ajoyib an’ana bor. Bu odat yillar o‘tsaki, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Boisi hasharda xalqimizning birligi, ahilligi namoyon bo‘ladi. Bahor kelishi bilan, to‘g‘rirog‘i, Navro‘z bayrami arafasida barcha hududlarda umumxalq hasharlari tashkil etilib, ariqlar loyqadan tozalanadi, daraxtlarga shakl berilib tagi oqlanadi, yangi daraxt ko‘chatlari ekiladi, qabristonlar obod qilinadi, hududlar chiqindilardan tozalanadi.
Hasharda xalqimizga xos bag‘rikenglik, o‘zaro hamjihatlik, umumxalq bayrami oldidan mahallalar, ko‘chalar va aholi turar-joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshiriladi.
Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbar xodimlari ham Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Toshkent ilmiy-tajriba stansiyasida umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdi.
Binobarin, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov umumxalq xayriya hashari doirasida mazkur ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy tajriba stansiyasida bo‘ldi.
Aytish kerak, mamlakatimiz bog‘dorchiligi va uzumchiligida qariyb 361 gektar maydonni tashkil etgan mazkur institutning tutgan o‘rni beqiyos. Yangi navlarni ixtiro qilish, seleksiya va duragaylashtirish ayni muassasada bir asrdan ortiq davrdan buyon muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda. Olimlarning bilim xazinasi ham ayni shu yerda ochiladi desak mubolag‘a emas. Ko‘zga ko‘ringan olim borki, barchasi institut faoliyati bilan u yoki bu darajada bog‘langan. Shonli o‘tmishga va dovruqqa ega institut faoliyati bugun ham davom ettirilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tashrif avvalida, xayriya hasharida jonbozlik ko‘rsatayotgan xodimlar bilan muloqot qildi.
Shundan so‘ng, 137 gektar maydonda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Bu yerda bog‘larni parvarish qilish yangi bog‘larni tashkil etish undan tashqari yangicha uslubda ishni tashkil qilish nuqtai nazaridan bo‘lib o‘tayotgan vaziyat bilan tanishdi. Ko‘chat, mevali daraxt va issiqxonalarda yetishtirilayotgan ekinlar bilan qiziqdi.
Natija esa, kutilgandek emas, bu yerda ishlar aniq hisobdorlik asosida tashkil etilgan. To‘g‘ri hashar yo‘li bilan hududlarni obod qilish kerak, biroq, bu yerdagi ishni to‘g‘ri tashkil etish, bu yerni o‘z nomiga mos tarzda aniq maqsadlar asosida ish olib borish ham muhim.
Vazir o‘z navbatida Akademik Mahmud Mirzayev nomi hamda institutning avvalgi shuhratini tiklash yuzasidan dadil qadamlar tashlash, izlanuvchi olimlar va talaba yoshlarni instituti o‘zaro kollaboratsiyasi va kooperatsiyasi asosida uzviy bog‘lash va bugungi kun ruhiyatidan kelib chiqib mahsulot yetishtirish, navlarni tanlash va ko‘chatlarni ekish konturlarini to‘g‘ri tanlash hamda sifatli ekin turlarini yetishtirish bo‘yicha aniq va maqsadli ish olib borish lozimligi qayd etdi.
Shu o‘rinda aytib o‘tish o‘rinliki, instituti tasarrufidagi yer maydonlarida Markaziy Osiyo iqlimiga mos keluvchi ko‘chat va mevali daraxtlar yetishtirish bilan birgalikda dunyoning turli hududlaridan keltirilgan sitrus mevali daraxtlar parvarish qilinmoqda.
Bundan tashqari bu yerda yangi va intensiv bog‘larni namunaviy tajriba stansiyalarini qurish, barpo etish asnosida taqdimot ham bo‘lib o‘tdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: