Urug‘lik chigitni sifatli saqlash, saralash, tuksizlantirish, dorilash va ekish mavsumiga tayyorlash qiziq va muhim jarayonlardan biridir. Bunda sifatli mahsulot olish uchun alohida e’tibor kerak bo‘ladi.
Urug‘larni ekish oldidan tayyorlashning texnologik jarayonlari yuqori hosil olishda muhim o‘rin tutadi va yetishtiriladigan ekinlarning sifatiga taʼsir qiladi. Ekish oldidan urug‘ni sifatli tayyorlash va qayta ishlash katta ahamiyatga ega.
Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug’chilikni rivojlantirish markazi tomonidan “tindirilgan urug’lik” chigitni va xorijiy navlarni joylashtirish hamda hududlararo urug’lik chigitni tashish yuzasidan tashkil etilgan ishchi guruh bugun 2024-yil hosili uchun urug‘larni ekish mavsumiga tayyorlash borasida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
O‘rganishlar davomida urug‘lik chigitning sifatli tozalanishi, saralanishi va dorilanib qadoqlanishiga asosiy e’tibor qaratilib, aniqlangan kamchiliklarni vaqtida bartaraf etish choralari ham ko‘rilmoqda.
Zero, dala maydonlarida saralangan urug‘ning ekilishi – yuqori hosil olish muvaffaqiyatining asosiy kalitidir.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: