Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlar bazasida tanishishingiz mumkin https://lex.uz/docs/5739815. Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamenti, Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamenti hamda Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomi tasdiqlandi.
Fermer hamda dehqon xo‘jaligi uchun yer uchastkalarini ijaraga berish uchun E-IJARA axborot tizimi ishga tushiriladi.
Ushbu yangi tizimda qishloq xo‘jaligi yerlarini “onlayn” tarzda berish maqsad qilingan va bunda: dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 10 yil muddatga ijaraga; yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun 30–50 yil muddatga ijaraga berish uchun onlayn tarzda yer uchastkasi ajratiladi.
Bundan tashqari qishloq xo‘jaligi yerlarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi belgilab berilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslar “E-IJARA” AT orqali bo‘sh turgan yer uchastkasi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni ochiq elektron tanlovga kiritish huquqiga ega. «O‘zdavyerloyiha» instituti kelib tushgan takliflarni besh ish kuni ichida qabul qiladi yoki aniq sabablarini ko‘rsatgan holda joylashtirishni rad etadi.
Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalari quyidagi o‘lchamlarda ijaraga beriladi:
– sabzavot-polizchilik yo‘nalishiga — kamida 3 gektar;
– bog‘dorchilik, uzumchilik yo‘nalishiga — kamida 3 gektar;
– chorva ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda sug‘oriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar,
– lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar;
– paxta va g‘allachilik yo‘nalishiga — kamida 30 gektar;
– g‘allachilik va sabzavotchilik yo‘nalishiga — kamida 10 gektar;
– sun’iy suv havzalarida baliq yetishtirishga — kamida 0,01 gektar.
Ikkilamchi ijara 1 yilgacha g‘alladan va asosiy ekindan bo‘shagan yoki bog‘-tok qator orasiga oraliq ekish uchun beriladi.
Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi tomonlar kelishuviga muvofiq ixtiyoriylik asosida yozma yoki elektron shaklda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
Shuningdek, seminar davomida Bosh prokuror o‘rinbosari Shavkat Raximov meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklari ulushini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
Seminar yakunida fuqarolarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlar salohiyati tushuntirib berildi. Ushbu yo‘nalishdagi vazifalarni bajarish bo‘yicha tegishli tashkilotlar va boshqarma boshliqlari bilan kelishuvlarga erishildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: