Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Sabzi narxlari maqbul minimal darajaga yetdi

AGRO.UZ > Yangiliklar > Fotoreportajlar > Sabzi narxlari maqbul minimal darajaga yetdi
Noy 9, 2021 Posted by: tested Fotoreportajlar Videoreportajlar Yangiliklar

O‘zbekistonda noyabr oyidagi sabzining narxini 2021-yil iyun oyi bilan taqqoslaganda 4-5 barobargacha tushganligini ko‘rish mumkin. O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining prognozlariga ko‘ra, 2022-yil bahorida kutiladigan yangi hosilga qadar sabzining narxi shu darajada saqlanib qoladi.

O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tegishli tashkilotlar tomonidan sabzi narxini barqarorlashtirishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar orasida quyidagilarni alohida taʼkidlab o‘tish mumkin: ushbu ekin ekiladigan maydonlarni ko‘paytirish, yuqori hosilli navlarni ekish, shuningdek, sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash va kasallik hamda zararkunandalarga qarshi o‘z vaqtida kurash choralari kabi sifatli agrotexnik ishlar shular jumlasidan.

Chora-tadbirlar natijasida 2021-yilda sabzining o‘rtacha hosildorligini bir gektardan 20-25 tonnadan 30-40 tonnagacha miqdorda oshirish imkoniyati yaratildi. Shu tariqa 1 kg sabzining tannarxi fermer xo‘jaliklarida 700-800 so‘mgacha (6,5-7,5 sent) arzonlashdi. 20-iyun holatiga ko‘ra, 1 kg sabzining o‘rtacha chakana narxi 6000-10000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda (2021-yil oktabr-noyabr) 2000 so‘mgacha tushdidalaning o‘zidagi o‘rtacha xarid narxiesa 1 kg sabzi uchun 1000-1500 so‘m atrofida.

2021-yilgi sabzi: ichki bozor, zaxira, qayta ishlash va eksport

Joriy yil sabzi narx o‘zgarishi tufayli ko‘p bora eʼtibor markazida bo‘ldi, buning asosiy sababi 2021-yil bahorda “ertapishar sabzining” yetilishi deyarli bir oyga kechikdi.

Yozga kelib, sabzi narxiga oid vaziyat butunlay barqarorlashdi. Yoz oxiri va kuz oylarining boshida esa O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan aholi uchun “daladan isteʼmolchigacha” tamoyili asosida arzonlashtirilgan yarmarkalar ishga tushirildi. Ularda sabzi va boshqa asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari shundoq dalaning o‘zidan bozor rastalariga olib kelingani sabab, past narxlarda sotilishiga erishildi.

2021-yili barcha toifa xo‘jaliklarida sabzi jami 124,4 ming gektar (o‘tgan yilga qaraganda, 18,2 ming gektarga ko‘p) maydonda ekildi. 2021-yilda yetishtirilgan 2 mln tonnadan ortiq hosildan (o‘rim-yig‘im ishlari davom etyapti) asosiy qismi ichki bozor ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilmoqda.

Bunda «takroriy ekindan» yig‘ilgan 140 ming tonna sabzi qishki-bahorgi mavsumda aholi taʼminoti uchun zaxiraga olinadi, “kechpishar” sabzining bir qismi esa umumiy quvvati 250-300 ming tonna bo‘lgan o‘nlab ixtisoslashtirilgan korxonalar bazasida qayta ishlanadi (2020-yili 110 ming tonna sabzi qayta ishlash, yaʼni quritish, shok usulida muzlatishga yuborilgan edi).

Taʼkidlash kerak, mamlakat aholisining sabzi mahsulotiga bo‘lgan yillik talabi 700-800 ming tonnani tashkil etadi (tibbiy meʼyorlarga ko‘ra, bir insonning yillik ehtiyoji taxminan 20 kg dan iborat). Isteʼmol savatchasidagi sabzi mahsulotining ulushi 0,4% hisoblanadi.

2021-yili sabzi eksporti hajmi xorijiy davlatlarda ushbu qishloq xo‘jaligi mahsulotiga bo‘lgan talab va xarid narxlarining o‘sishi oqibatida sezilarli darajada oshdi. 2021-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, jami 50,5 ming tonna yoki o‘tgan yilgi shu davrga nisbatan 17% (43,4 tn)ga ko‘p sabzi eksport qilindi. Eksport qilingan sabzining 65% i aprel-iyun oylari, yaʼni «ertapishar sabzi» mavsumiga to‘g‘ri keldi.

2021-yili 7,6 mln AQSH dollariga teng sabzi mahsuloti 9 davlatga eksport qilindi: asosan Qozog‘iston Respublikasiga 30,5 ming tonna (4 mln AQSH dollari), Qirg‘iziston Respublikasiga 16,5 ming tonna (2,8 mln AQSH dollari), Rossiya Federatsiyasiga 3 ming tonna (704 ming AQSH dollari), shuningdek, Tojikiston, Belarus, Chexiya, Ukraina, Koreya Respublikasi va BAA davlatlariga yetkazib berilgan.

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: