Телефон доверия: 1243
Канцелярия: 71 206-70-30

“Agroservis operator” Государственное унитарное предприятие

AGRO.UZ > “Agroservis operator” Государственное унитарное предприятие
AGRO.UZ > “Agroservis operator” Государственное унитарное предприятие
Markaz haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son va Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida “Agroservis operator” davlat unitar korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 3-apreldagi 180-son qarorlariga asosan tashkil topgan.

Markaz qanday faoliyat bilan shug‘ullanadi?

  • bog‘dorchilik va uzumchilik xo‘jaliklarini, qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, tayyorlash va saqlash infratuzilmasini barqaror rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni amalga oshirish;
  • bog‘dorchilik va uzumchilik xo‘jaligida ilmiy yutuqlar, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish;
  • raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, tayyorlash va saqlash, shuningdek, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish maqsadida investitsiyalarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish;
  • intensiv va resurstejamkor texnologiyalarga asoslangan bog‘ va tokzorlar plantatsiyalarini, qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, tayyorlash va saqlash infratuzilmasini barpo etishga ilg‘or tajribaga ega salohiyatli va moliyaviy barqaror pudratchi tashkilotlarni belgilangan tartibda jalb etish;
  • Jahon banki tomonidan belgilangan tartib asosida bog‘ va tokzorlar plantatsiyalarini bosqichma-bosqich barpo etish hamda ularni tayyor holda aholi va tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatga, bo‘lib to‘lash sharti bilan realizatsiya qilish;
  • bog‘dorchilik va uzumchilik xo‘jaliklari faoliyatini hamda qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, tayyorlash va saqlash infratuzilmasini tashkil etishda aholi va tadbirkorlik subyektlariga shartnoma asosida agrotexnik hamda boshqa xizmatlar ko‘rsatish.

“Tayyor holda topshirish” mexanizmi asosida 2000 gektar yer maydonida yangi bogʻ va tokzorlarni barpo etish, aholiga boʻlib toʻlash sharti bilan berish.

Директор: Сапаев Алишер Атабаевич
Рабочий график: понедельник-пятница, с 9:00 до 18:00
Дни приема: понедельник-пятница
Manzil: 100011, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abay koʻchasi 6 uy
Telefon: (+998 71) 244 46 25
E-mail: asapaev@gmail.com

Если вы нашли ошибку, пожалуйста, выделите фрагмент текста и нажмите Ctrl+Enter.

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: