Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
a) Qishloq xo‘jaligi sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
— davlat tomonidan ajratiladigan resurslarni tejaydigan zamonaviy ilg‘or tajribalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan yagona siyosatni amalga oshirishda ishtirok etadi;
— davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash orqali qishloq xo‘jaligini izchil va barqaror rivojlantirish, qishloq aholisining daromadlarini oshirish, ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqaror darajasini saqlab qolishda manzilli chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
b) qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishda mahsulot yetishtiruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish sohasida:
— raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash salohiyatini oshirish;
— davlat xaridi uchun yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga sarflangan xarajatlarni qoplaydigan darajada kafolatlangan baholarni belgilash bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
— qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining moliyaviy munosabatlar va xizmatlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar va amaliy qo‘llanmalar, namunaviy texnologik kartalar asosida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning biznes-rejalarini ishlab chiqadi va joylarga yetkazish;
v) qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan tayyorlov, ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasida o‘zaro moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarini takomillashtirish, o‘zaro qarzdorliklar monitoringini yuritish va ularni bartaraf etish bo‘yicha choralarni ko‘rish sohasida:
— qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan tayyorlov, ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasida o‘zaro yuzaga kelgan debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarni tegishli boshqarmalar bilan birgalikda monitoringni yuritadi va yuzaga kelgan qarzdorliklarni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
— davlat xaridi uchun yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga imtiyozli kreditlar ajratilishi va ushbu mablag‘larni yetkazib beriladigan resusrlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yo‘naltirishi yuzasidan monitoring yuritadi va ma’lumotlarni tahlil etadi;
— qarzdorliklar va o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmini chuqur tahlil qilish asosida qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari hamda ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda va uni amalga oshirishda ishtirok etadi;
g) vazirlik boshqarmalari hamda tizim tashkilotlarining qishloq xo‘jaligi sohasida moliyaviy munosabatlar va xizmatlarni rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
— vazirlik tizimidagi Respublika va hududiy tashkilot va idoralarning tahliliy va prognoz faoliyatini muvofiqlashtiradi ularga uslubiy va amaliy jihatdan yordam ko‘rsatadi;
— asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish harajatlari, mahsulot tannarxi, mahsulot ishlab chiqarishning moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtiradi;
— qishloq xo‘jaligida moliyaviy munosabatlar va xizmatlar sohasida islohotlarning amalga oshirilishi va tarmoqdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etadi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: