Ijtimoiy tarmoqlardagi baʼzi kanallarda 20 tonna pomidor Rossiyadan Oʻzbekistonga qaytarilgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.
Unda keltirilishicha, Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyatidagi Yekaterinburg shahrida joylashgan vaqtinchalik omborda saqlanayotgan 20 tonna pomidor mahsulotida pomidor jigarrang bujmayish virusi (Tomato brown rugose fruit virus) aniqlanganligi tufayli mahsulot O‘zbekistonga qaytarilayotgani maʼlum qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi shuni maʼlum qiladiki, ayni paytda vazirlik huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi mutasaddilari hamda Rossiya Federatsiyasidagi masʼul tashkilotlar holat yuzasidan pomidor mahsulotlarining ekspertizasini olib borishmoqda. Shuningdek, fitosanitariya sertifikatlari ham tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
Tekshiruv natijalari toʻgʻrisida alohida maʼlumot beriladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: