2021-yil 13-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Qozog‘istonning “K-Agro” agroxoldingi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Xorijiy mehmonlar vazir Jamshid Xodjayev hamda vazirlik vakillari bilan muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida intensiv meva-sabzavotchilikni rivojlantirish sohasiga Qozog‘iston investitsiyalarini jalb etish masalalari muhokama etildi.
Muzokaralar yakunida intensiv meva-sabzavotchilikni rivojlantirish yo‘nalishida taklif etilayotgan loyihalarni batafsil o‘rganish uchun ishchi guruhini tashkil etishga kelishib olindi.
Tashrif doirasida Qozog‘iston delegatsiyasi vakillari, shuningdek, Toshkent viloyatidagi “Golden Dried Fruits” kompaniyasi faoliyati, “TNA-Agroinvest” korxonasidagi pomidor yetishtirish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Bundan tashqari, qozog‘istonlik mehmonlar Samarqand viloyatidagi bog‘ plantatsiyalari hamda eksport mahsulotlarini yetkazib berishga ixtisoslashgan qayta ishlash korxonalarida bo‘ldi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: