Keyingi yillarda aholi soni bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab va ehtiyojning oshib borayotgani barobarida cho‘lquvarlar tumanida tomorqachilikka bo‘lgan e’tibor va rag‘bat ham kuchaymoqda.
Boshlangan yilimizning ilk kunlaridan qishloq xo‘jaligining turi tarmoqlarida ham ayni yangi hosil yiliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Jumladan, Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani hududida bugungi kunga kelib 400 gektardan oshirilgan dehqon xo‘jaliklarida sabzavot, poliz mahsulotlari, xususan, kartoshka, dukkakli don va moyli ekinlar yetishtirish jadal rivojlanmoqda.
Bu yerda jami 254 gektar yoki 62 foiz dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari parvarishlanmoqda.
Binobarin,
sabzavot mahsulotlari – 135 gektar,
poliz ekinlari – 53 gektar,
kartoshka – 58 gektar,
don va dukkakli ekinlar – qariyb 10 gektarni tashkil etmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: