Shiddat bilan o‘tayotgan davrning o‘z talablari ham mavjud. Bu birinchidan zamonaviy ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish masalasi bo‘lsa, ikkinchisi ana shu bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojini qondirish.
Agrar sohada ham bugun dunyo bozorida nafaqat mahsulot kesimida, balki ta’lim yo‘nalishida ham raqobat kuchli. Dunyo mamlakatlari yangicha modul asosida dars berish uslubini o‘zlashtirmoqda.
Ayni O‘zbekistonda ham mazkur jarayon tez sur’atlarda rivoj topmoqda. Talabalarning takliflari tinglanib, uning intilishi rag‘batga yuz tutyapti. Sohaga mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalarining bilimlar raqobati tarkibida qo‘shilishi, albatta, vaziyatni ijobiy yechim topishiga zamin yaratyapti.
Binobarin, Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ham ayni shu maqsadda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan uchrashdi.
Vazir iqtidorli talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar bilan muloqotda bo‘lib, agrar sohadagi islohotlar, ularning samarasi haqida so‘z yuritdi. Ularning innovatsion loyihalari, g‘oya va kelajakdagi rejalari bilan qiziqdi. Vazir o‘z navbatida talabalar tomonidan amalga oshiriladigan har bir loyihani qo‘llab-quvvatlashi, talabalar faqat auditoriyalarda saboq olish bilan chegaralanmasdan, o‘z bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab borishlarini ta’kidladi.
Jumladan, institut infratuzilmasini yanada yaxshilash, talabalarga har tomonlama amaliy yordam berish va imkoniyat yaratish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga jalb qilish yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Zamonaviy ilm-fan yutuqlarini o‘zlashtirishda ortda qolmasliklari uchun institut qoshida chet tillarni o‘rgatuvchi maxsus kurslarni tashkil qilish, agroinnovatsiya va “Start-up” loyihalarini jamlovchi markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish va buni yaqin kunlarda amaliyotga joriy qilinishi belgilab olindi.
Maqsad yagona: talaba ilm olish bilan birgalikda o‘zidagi iste’dod va qobiliyatni shakllantirish bilan bir qatorda, yangilik yarata oladigan shaxs bo‘lsin. Shunda agrotarmoqning menejerlari zamonaviy qishloq xo‘jaligini aqlli yo‘nalishlarini vujudga kelishiga zamin yarata oladilar.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: