Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi.
Tashrif avvalida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi majlislar zalida Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi Farhod Ermanov rahbarligida tashkil etilgan yigʻilishda vazirlik tizim tashkilotlari, tumanlar qishloq xoʻjaligi boʻlimi rahbarlari hamda soha xodimlari ishtirok etdi.
Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish boʻyicha 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yilga moʻljallangan istiqbolli loyihalarni statistika taqdimoti bilan boshlangan yigʻilishda vazir Ibrohim Abdurahmonov eng avvalo bu kabi raqamlar hisobotini vijdonan yondashilgan holdagi aks ettirilgan boʻlishi lozimligi qayd etdi.
Bunda eng asosiysi har bir rahbar bugun mahsulot ishlab chiqarish bilan birgalikda xorijga nima eksport qila oladi, qanday yangi investitsiya jalb qilish mumkin, har bir qarich yerdan unumli foydalanilyaptimi, yoshlarga qulay sharoit yaratib berilyaptimi kabi savollarga javob bera olishi va ishga masʼuliyat bilan yondashishi lozimligi qayd etildi.
Shuningdek, taqdimot davomida joriy yil hosili uchun dehqon xoʻjaliklari tomonidan asosiy va takroriy maydonlarga ekiladigan qishloq xoʻjaligi ekinlaridan olinadigan hosil, aholi bandligini oshirish, zamonaviy resurs tejamkor sugʻorish texnologiyalarini joriy etish, paxtachilik sohasida agrosanoat klasteri va kooperativlari faoliyatini rivojlantirish, joriy yil davomida agrar sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, maqsadli investitsion loyihalarni jalb etish va kadrlar salohiyatini oshirish masalalari xususida soʻz yuritildi. Qolaversa, har bir tuman va shahar rahbarlari kunlik reja asosida ish olib borishi zarurligi qayd etildi.
Aytish kerak, bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasining har bir hududida qishloq xoʻjaligi boʻlimlari faoliyat olib bormoqda. Respublikada olib borilayotgan islohotlar esa, qoniqarli darajada emas.
Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda 2023-yilda Respublika yalpi ichki mahsuloti va eksport salohiyati ham yetarli boʻlmagani, bu kabi sustkashliklarning sababi va joriy yil hosili uchun ekiladigan urugʻlik va kutilayotgan hosil, agrar sohada erishilgan kelishuvlar va loyihalar samaradorligini oshirish, bu boradagi hamkor tashkilotlar bilan samarali ishlash mexanizmini yoʻlga qoʻyish, xususan, qishloq xoʻjaligida ish jarayoni sekinlashib qolgan mavjud xorijiy investitsiya loyihalarining muammolarini aniqlash va loyihani qayta koʻrib chiqish hamda ularga ijobiy yechim topish boʻyicha samarali chora koʻrish masalasi muhokama qilindi.
Vazir I.Abdurahmonov oʻz navbatida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini ekologik jihatdan eng xavfsiz, bioxilma-xillikni qoʻllab-quvvatlaydigan usulda, suv resurslaridan oqilona foydalangan holda rivojlantirish, yangi yerlarni oʻzlashtirish, intensiv bogʻ yaratish, tabiiy va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, oʻz yechimini kutayotgan loyihalarni tizimli amalga oshirish qishloq xoʻjaligida qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratishning muhim jihatlaridan biri ekanini qayd etdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: