Dala-dehqonchilikning o‘ziga xos injiqliklari, ekin yerlarining kuchli sho‘rlanganligi, qolaversa, suv resurslarining har yilgiga nisbatan tanqisligi qorako‘llik dehqonlarning iroda va matonatini har mavsumda og‘ir sinovdan o‘tkazmoqda.
Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida shudgorlash ishlarini sifatli o‘tkazish ishlariga 41 ta yuqori unumli texnika jalb qilindi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy mavsumda jami 10 ming 500 gektar maydonni chuqur shudgor qilib, ekinga tayyorlash chora-tadbiri ko‘rilgan.
Bundan tashqari, chekka tuman dehqon mirishkorlari bugunga kelib 6 034 gektar maydonda g‘alla ekib parvarishlamoqdalar. Jumladan, ekilgan don maysasi to‘liq unib chiqqan bo‘lib, 1 334 gektarda 3-4 bargli bosqichda, 5 591 gektar maydondagi hosil nishona maysasi esa tuplash fazasida rivojlanmoqda.
G‘alla yetishtirilayotgan maydonlarni “sharbatlab» sug‘orish maqsadida jami 34 625 tonna mahalliy o‘g‘it chiqarish ishlari ham bormoqda. Shu kunga qadar hududda dala boshlariga xandaqlar qazib tayyorlanib, 12 360 tonna mahalliy o‘g‘it zaxirasi yaratilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: