Joriy yilning 3-fevral kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ul xodimlari va Xitoy delegatsiyasi vakillari Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida, mamlakatimizda istiqbolli loyihalardan biri bo‘lgan qo‘ziqorinni issiqxonalarda intensiv usulda yetishtirish va uni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish loyihasi doirasida O‘rtachirchiq tumani Do‘stlik MFYdagi qo‘ziqorin yetishtiruvchi “Mannaev agro klaster” MChJ faoliyati o‘rganildi hamda seminar tashkil etildi.
Seminarda vazirlik xodimlari, xitoylik ekspertlar. Fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi xodimlari, ilmiy tadqiqot institutlari olimlari va O‘rtachirchiq tumani hokim yordamchilari va fermer hamda dehqon xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Aytish kerak, “Mannaev agro klaster” MChJ 2022-yilda O‘rtachirchiq tumani Do‘stlik MFYda tashkil etilgan bo‘lib, mahalladagi 34 ta xonadonlarni o‘ziga biriktirish hisobiga kooperatsiya tashkil qilingan. Asosiy yo‘nalishi qo‘ziqorin yetishtirish va qayta ishlashdan iborat.
Bugun, “Mannaev agro klaster” MChJ tomonidan jami 1 gektar maydonda qo‘ziqorinning «Veshenka navi» yetishtiriladi. Yillik quvvati 150-160 tonna.
Seminar davomida Xitoylik mutaxassis va ilmiy tadqiqot institutlari olimlari tomonidan qo‘ziqorin yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi va qo‘ziqorin yetishtiruvchilarni qo‘llab quvvatlash maqsadida kredit mablag‘larini aholiga ajratish bo‘yicha tumandagi hokim yordamchilariga tushunchalar berildi.
Seminar asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lami belgilab olindi. Shubhasiz, bu kabi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: