Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
– qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy
va shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
– qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishda mahsulot yetishtiruvchilarning moliyaviy-iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlash hamda ular uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
– vazirlik boshqarmalari hamda tizim tashkilotlarining qishloq xo‘jaligi sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- a) qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy
va shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
– qishloq xo‘jaligi sohasida resurslarni tejaydigan zamonaviy ilg‘or tajribalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan yagona siyosatni amalga oshirishda ishtirok etadi;
– qishloq xo‘jaligini izchil va barqaror rivojlantirish, qishloq aholisining daromadlarini oshirish, ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqaror darajasini saqlab qolishga yo‘naltirilgan maqsadli kompleks
chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
– vazirlik va tizim tashkilotlarida iqtisodiy islohotlarning borishini
va institutsional islohotlarni takomillashtirish masalalarini o‘rganish va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish masalalarida va muhokamasida ishtirok etadi;
– rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohasini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tajribasini o‘rganish va keyinchalik uning ijobiy tomonini respublikada tadbiq etish bo‘yicha o‘z takliflarini berib boradi;
- b) qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishda mahsulot yetishtiruvchilarning moliyaviy-iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlash hamda ular uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish sohasida:
– raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish orqali qishloq xo‘jaligi tarmoqlari moliyaviy-iqtisodiy salohiyatini oshirish,
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini namunaviy texnologik kartalar asosida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning
biznes-rejalarini ishlab chiqadi va joylarga yetkazadi;
– qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtirish uchun hamda qishloq xo‘jaligi texnikasini tijorat kredit yoki lizing shartlarida xarid qilganda ajratilayotgan imtiyozli kreditlarning va tijorat krediti yoki lizing foizini qisman qoplash uchun subsidiya mablag‘larini muvofiqlashtiradi;
- v) vazirlik boshqarmalari xamda tizim tashkilotlarining qishloq xo‘jaligi sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
– vazirlik tizimidagi Respublika va hududiy tashkilot va idoralarning tahliliy va prognoz faoliyatini muvofiqlashtiradi ularga uslubiy va amaliy jihatdan yordam ko‘rsatadi;
– asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish harajatlari, mahsulot tannarxi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtiradi;
– qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy
va shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha islohotlarning amalga oshirilishi va tarmoqdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etadi;
– qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar to‘g‘risida jamoatchilikni tanishtirish uchun turli tahliliy maqolalarni ommaviy axborot vositalarida yoritadi;
– vazirlikning buyruq va boshqa me’yoriy hujjatlar loyihalarini, tegishli vazirliklar hamda respublika idoralari va yuqori tashkilotlar bilan xizmat aloqalari bo‘yicha yozishmalarni sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi.
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar Qishloq xo‘jaligi boshqarmalari orqali shartnomalarni ro‘yxatga oluvchi tuman bo‘limlari ishini muvofiqlashtiradi, ularni tegishli me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlaydi;
– tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari tomonidan ro‘yxatga olingan shartnomalarni qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari hamda tayyorlov
va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan bajarilishi bo‘yicha muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi;
– o‘z vakolati doirasida vazirliklar, uyushmalar, agroklasterlar, kooperatsiyalar, birlashmalar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda vazirlikning tegishli boshqarmalari bilan birgalikda qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirishga doir takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi va ularni belgilangan tartibda rahbariyatga taqdim etadi;
– bosh boshqarma vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha vazirlik Hay’ati, markaziy apparati, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot va takliflarni belgilangan tartibda taqdim etadi;
– bosh boshqarma mutaxassislari mavjud qonunlar va me’yoriy hujjatlarni takomillashtirishda, ularni qayta ishlab chiqishda qatnashadi va ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan ishlarni tashkil etishda ishtirok etadi;
– bosh boshqarma vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha yuridik
va jismoniy shaxslarning takliflari, shikoyatlari va arizalarini ko‘rib chiqadi, o‘z huquqlari doirasida ularga javob tayyorlaydi, vazirlik rahbariyatiga xulosa
va takliflar kiritadi;
– tabiiy ofatlar va boshqa noqulay sharoitlar oqibatida yoxud tegishli asoslar mavjud bo‘lganda tayyorlovchi tashkilotning aybi bilan shartnoma majburiyatlar bajarilmaganligi uchun xo‘jaliklarni javobgarlikdan ozod qilish maqsadida xulosalar berishda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi;
– belgilangan tartibda boshqarma vakolatidagi masalalar, shuningdek, ilg‘or ish tajribasini targ‘ib etish, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv, kengashlar va qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun o‘quv seminarlari tashkil etadi;
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib beruvchilar bilan tayyorlov, qayta ishlash hamda moddiy texnika resurslari yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzish, ularni tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi va mazkur shartnomalarga asosan moliyalatirilishi bo‘yicha muvofiqlashtirish ishlari yuritilishini ta’minlaydi.
– bosh boshqarma o‘z faoliyati davomida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmuyi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, vazirlikning boshqarmalari, Agrosanoat majmuasi tarkibiga kiruvchi vazirliklar, uyushmalar, agroklasterlar, kooperatsiyalar, birlashmalar, idoralar va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: