– Ilg‘or xalqaro amaliyotlarga muvofiq, qishloq xo‘jaligi va mahsulot ishlab chiqarishning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish, ushbu soha tarmoqlarida standartlashtirish, sinash va sertifikatlashtirish tizimlarini takomillashtirish.
– Respublikamizda organik qishloq xo‘jaligi va qayta ishlangan organik oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha olingan sertifikatlar, mahsulot turlari, mahsulot hajmi, yer maydoni ro‘yxatini olib borish.
– Qishloq xo‘jalik mahsulotlari va xom ashyolarning sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun laboratoriya sinovlarini o‘tkazish va muvofiqlik sertifikatlarini berish.
– Xalqaro amaliyotga muvofiq, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning zamonaviy tizimlari, maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti va organik ishlab chiqarish tizimlarini keng joriy qilish.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: