Suv – tiriklik manbai. Undan oqilona foydalanish esa zamon talabi. Biroq, ichimlik suvlarining ekinlarni sug‘orish maqsadida ishlatilishi ham iste’molga yaroqli suvlarni kamayib ketishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Germaniyaning Aaxen shahrida joylashgan «Intewa» kompaniyasi kuniga 300 dan 50 000 litrgacha oqava suvni tozalaydigan «Aqualoop» tizimi bu kabi muammolarga yechim bo‘lishi tabiiy.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri filtrlash jarayoni deb ataladigan mazkur jarayon membranalarni tozalashning operatsion xarajatlarini oshiradi. Parchalanish jarayonida ishtirok etadigan bakteriyalar tizimning pastki qismida joylashgan quvurli diffuzor orqali fan yordamida kislorod oladi. Bioreaktor shuningdek, kichik tozalash inshootlaridan oqava suvlarni toza suv saqlash idishiga filtrlash uchun ultira-filtratsiyadan foydalanadigan membrana stansiyalarini ham o‘z ichiga oladi.
Membrananing kichik hajmi (0,02 mikron) zarralarni, bakteriyalarni va hatto viruslarni ushlab turadi. Membranalar vaqti-vaqti bilan teskari yuvish va havo pufakchalari yordamida tozalanadi.
Bir so‘z bilan aytganda, yangi usulda suvni tozalash xarajat sarfini kamaytiradi, bakteriyalardan tozalashda eski uslubdan voz kechilib filtrlash jarayoning o‘zida muammo yechiladi. Qarabsizki, kichik texnikaning o‘ziyoq murakkab jarayonni soddalashtiradi va u qayta ishlagan suvdan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish mumkin bo‘ladi.
Ushbu ishlanmaning yana bir xususiyati shundaki, suvni bakteriyalardan tozalash jarayonida uning tuproq unumdorligini oshirishga yordam beruvchi mineral o‘gitlarga boyligini saqlab qoladi. Bu esa o‘z navbatida o‘simlikdan olinadigan hosilni ikki barobar oshishiga yordam beradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: