Dehqon va fermer yerga urug’ qadab uni parvarishlash, hosil yigíb olishga qadar bo’lgan jarayonda ular duch keladigan eng katta xavflardan biri zararkunandalar va o‘simlik kasalliklaridir. Shu tufayli ko‘pincha qishloq xo‘jaligida hosildorlikning tushib ketishi, nobud bo’lishi va daromad kamayishi mumkin.
O‘simliklar seleksiyasi, duragaylash, gen muhandisligi va to‘qimalar kulturasi kabi ilmiy usullar ulardagi kerakli xususiyatlarni tezkorlik bilan aniqlash imkonini beradi. Xususan, CRISPR-Cas9 genomni tahrirlash texnologiyasi kerakli belgilarning aniq va tez o‘zgartishni ta’minlaydi.
Yangi biotexnologik yechimlardan foydalanish kasalliklar, qurg‘oqchilik, zararkunandalarga chidamliligi va hosildorligi yuqori bo‘lgan biotexnologik o‘simliklarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, fermer xo‘jaliklarining rentabelligini oshiradi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: