O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi va BMT taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida “Agro-oziq-ovqat sektorida yashil iqtisodiyotga inklyuziv o‘tishni qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligida bilimlar va innovatsiyalarning iqlimga moslashgan tizimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hujjat imzolandi. Loyiha byudjeti 4 150 000 yevroni tashkil etadi, amalga oshirish muddati esa 2025-yil 30-sentyabrgacha.
Loyihani imzolash marosimi Qishloq xo‘jaligi vazirligida qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Yangi qoʻshma loyiha Oʻzbekistonning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sektorida yashil iqtisodiyotga inklyuziv oʻtish va qishloq xo‘jaligida bilimlar va innovatsiyalarning “iqlimga optimal moslashgan” tizimi (UAKIS)ni joriy etishga hissa qoʻshishga qaratilgan.
Loyiha doirasida mamlakat agrar sektori ishtirokchilarining institutsional salohiyatini oshirish, Yevropa institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, avvalo, kichik va oilaviy fermer xo‘jaliklari, keyin esa fermer xo‘jaliklari kooperativlari va mikro-agrobiznes darajasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Loyihaning tajriba sinov hududlari tariqasida Toshkent, Qashqadaryo, Suxondaryo viloyatlari hamda va Farg‘ona vodiysi tanlab olindi.
Loyihadan kutilayotgan asosiy natijalar agro-oziq-ovqat sektorida innovatsiyalar va vositachilikni qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini yaratish va operativ guruhlarni tuzish hamda hamkorlik o‘rnatishdan iborat.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: