O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda organik o‘g‘itlardan foydalanish va o‘simliklarni himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Tadbirda Rossiya, Gruziya, Qozog‘iston va O‘zbekiston davlatlari mutaxassislari, manfaatli idora vakillari, Toshkent davlat agrar universiteti olimlari va doktorantlari hamda klaster, fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
«Mamlakatimizda tarkibida sintetik, kimyoviy moddalar bo‘lmagan organik mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda, atrof-muhit va tuproqni ifloslantiruvchi sun’iy o‘g‘itlardan foydalanish muammolari hal etilmoqda. Ushbu seminar fermer xo‘jaliklari rahbarlari, olimlar va organik o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchilarni yig‘ib, ma’lumot va tajriba almashish, hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, tuproqqa kimyoviy yukni kamaytirish, organikaga o‘tish kabi masalalarni muhokama qilish imkonini berdi», – deya ta’kidladi Organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jumanov.
Seminarda organik mahsulotlarni yetishtirishda yuzaga keladigan muammolar muhokama qilindi hamda mutaxassislar organik qishloq xo‘jaligida dori vositalari va zararkunandalardan o‘simliklarni himoya qilish vositalarini to‘g‘ri ishlatish bo‘yicha tavsiyalar berishdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: