Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Davlat tilida ish yuritish yo‘nalishi bo‘yicha e’tirof etildi

AGRO.UZ > Yangiliklar > Fotoreportajlar > Qishloq xo‘jaligi vazirligi Davlat tilida ish yuritish yo‘nalishi bo‘yicha e’tirof etildi
Noy 3, 2021 Posted by: tested Fotoreportajlar Yangiliklar

2-noyabrda Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 3-o‘ringa munosib deb topildi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Bekzod Musayev ochib berdi va o‘zbek tilini rivojlantirish, bu borada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida to‘xtaldi. Yuzdan ortiq vazirlik, davlat qo‘mitalari, markaziy muassasalar, agentliklar, kompaniyalar, uyushma va birlashmalar, aksionerlik jamiyatlari o‘rtasida, aynan, qishloq xo‘jaligi tizimida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha olib borilayotgan izchil tadbirlar yuzasidan minnatdorlik bildirildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda tizim xodimlarining o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirayotgan ishlariga ishonch ko‘rsatildi.

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: