Bugun Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazida Urug‘chilikni rivojlantirish markazi, markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, mutaxassislar va xususiy urug‘chilik kompaniyalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida urug‘chilik tizimini takomillashtirish, xususan davlatimiz rahbarining 2023 yil 15-dekabr 2023-yildagi «Paxtachilikda urug’chilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-391-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan qaror loyihasini tayyorlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash, joriy yil davomida agrar sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, maqsadli investitsion loyihalarni jalb etish va kadrlar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Qolaversa, Gretsiyaning agrar sohadagi yetakchi xususiy kompaniyalaridan “SPIROU” kompaniyasi vakili ham ishtirok etib, bu borada Yevropa tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Yig‘ilish asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda galdagi vazifalar yuzasidan qilinadigan ishlarning ko‘lami belgilab olindi.
Zero, mazkur vazifalarning samarali amalga oshirilishi, shubhasiz, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi va zamonaviy taraqqiyotning yangi qirralarini o‘zlashtirishga xizmat qiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: