Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
Qishloq xo‘jaligi yerlarini monitoring qilish, tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning me’yoriy qiymatini aniqlash, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirishni tashkil etish sohasida:
– qishloq xo‘jaligi yerlarini monitoring qiladi hamda ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish ishlarini tashkil etadi;
– samarasiz foydalanilayotgan qishloq xo‘jaligi yerlarini aniqlash, ularni o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yish va belgilangan maqsadda foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
– davlat boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning tuproq unumdorligini saqlash va oshirishni ta’minlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
– mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi
va amalga oshiradi;
– tuproq unumdorligini saqlash va oshirish sohalarida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
– tuproqlarning sifatini baholash maqsadida tuproq syomkasini, tuproqlarning bonitirovkasini o‘tkazadi;
– qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan tabiiy yaylovlarda geobotanik izlanishlarni amalga oshiradi;
– qishloq xo‘jaligi yerlarining me’yoriy qiymatini aniqlash ishlarini tashkil etadi;
– tuproqshunoslik, geobotanikaga oid izlanishlar hamda tadqiqotlarni amalga oshirilishini tashkil etadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: