O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazining olimlari va malakali mutaxassislari hamkorlikda 3-qismdan iborat “2022-2026 yillar uchun mo‘ljallangan “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik kartalar” (1 – qism: paxta ekini bo‘yicha; 2 – qism: boshoqli don, moyli, dukkakli va tolali ekinlar bo‘yicha; 3 – qism: sabzavot, kartoshka, poliz va uzum bo‘yicha) tayyorlandi.
Mazkur texnologik kartalardan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadigan va ushbu sohadagi tadbirlarga qiziqadigan barcha fuqarolar foydalanishlari mumkin.
Agarda foydalanuvchilarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini Namunaviy texnologik kartalarda ko‘rsatilgan tadbirlar asosida parvarishlash vaqtida agrotexnologik tadbirlar, hisob-kitoblar va boshqa jarayonlar bo‘yicha savollar, taklif yoki tavsiyalar yuzaga kelsa, texnologik kartani tayyorlashda qatnashgan Ishchi guruhi a’zolari – mualliflarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishlari tavsiya qilinadi.
Foydalanuvchilarning taklif va tavsiyalari asosida mazkur Namunaviy texnologik kartalarni yanada takomillashtirish juda muhim hisoblanadi.
Namunaviy texnologik kartalarning elektron varianti bilan quyidagi veb-saytlarda tanishishingiz mumkin:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, veb sayt: https://www.agro.uz
2. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi, veb sayt: https://www //akis.agro.uz
3. Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi, veb sayt: https://iscad.uz/
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: