Qalampirning “Sharq gavhari” navi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan 2023-yilda yaratilgan bo’lib, u issiqxonada yetishtirishga va mahalliy tuproq iqlim sharoitiga mos hisoblanadi.
Ushbu nav o‘rtapishar bo‘lib, uning vegetatsiya davri 123-125 kunni tashkil etadi. Achhiqlik miqdori 7 foizni tashkil qiluvchi navning hosildorligi yuqori bo’lib, gektaridan 25,5 tonnagacha yetadi.
“Sharq gavhari” tupi yarim-yig‘iq, shtambli, o‘rtacha barglanuvchan, baland bo‘ylidir. Mevasi konussimon ko‘rinishda, o‘rtacha hajmda, yuzasi tekis, texnik yetilganda yashil, biologik yetilganda qizil bo‘ladi. Etining qalinligi 1,6-2,0 mm, ta’mi esa achchiq. Bir tupdan 45-50 ta meva olinadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: