O‘zbekistonda piyozning yangi, serhosil va turli muddatlarda yetishtirishga mos navlarini yaratish, urug‘idan, ko‘chatidan hamda no‘shidan yetishtirishda takomillashgan texnologiyalarni, xususan suv tejovchi texnologiyalar – tomchilatib, yomg’irlatib sug’orish tizimini qo‘llash orqali hozirgi kunda bir qator fermerlarimiz piyozdan yaxshi hosil olishmoqda.
Buning misoli sifatida xorij bozorlarida ham piyozning xaridorgir mahsulot sifatida sotilayotganidir.
Jumladan, Polshaning bir qator shaharlarida O‘zbekiston piyoziga bo‘lgan talab juda yuqori. Polshalik sotuvchilar mahsulot sifati yuqoriligi bo‘yicha ham O‘zbekiston mahsulotlarini ma’qullashadi.
Bu esa, o‘zbek dehqon va fermerlarining o‘z ishlariga mas’uliyat bilan yondashuvidan dalolat.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: