Joriy yilning 20-yanvar kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS)da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi “Paxtachilikda urugʻchilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi 391 – sonli qarorining ijrosiga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda soha olimlari, agroklasterlar vakillari, fermerlar, xususiy urug‘chilik kompaniya vakillari va mutaxasislar ishtirok etdi.
Suhbat davomida, mazkur qarorda keltirilgan bandlar ijrosini ta’minlash, bu borada sohada olib borilayotgan islohotlar, yuqori hosildor xorijiy g‘o‘za navlari va duragaylarini mamlakatimizga olib kirish hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi paxta ekiladigan maydonlarga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.
O‘z navbatida, xorijdan yuqori hosildor xorijiy g‘o‘za navlari va duragaylarini olib kirish hamda parvarishlashda har bir navga xos bo‘lgan yuqori samarador agrotexnologiyalarni qo‘llash, paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan g‘o‘za navlarini joylashtirishda kafolatlangan urug‘ ta’minotiga muvofiq erkinlik berilishi masalalari e’tibor qaratish lozimligini qayd etildi.
Shuningdek, qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi. Shubhasiz, mazkur vazifalarning samarali amalga oshirilishi, shubhasiz, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va zamonaviy taraqqiyotning yangi qirralarini o‘zlashtirishga xizmat qiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: