Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mutaxassis xodimlari tomonidan aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida dehqon bozorlarida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, Surxondaryo viloyati Boysun tumani IIB JXX jamoat tartibini saqlash boshqarmasi karantin xodimlari, veterinariya bo‘limi va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi vakillari bilan hamkorlikda viloyat hududidagi dehqon bozorlarida oziq-ovqat xavfsizligi va veterinariya-sanitariya qoidalariga amal qilinishi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida iste’molga yaroqsiz bo‘lgan parranda go‘shtlari tegishli tartibda mutaxassislar tomonidan yo‘q qilindi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: