Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Turkiyaning yirik kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi

AGRO.UZ > Yangiliklar > Fotoreportajlar > O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Turkiyaning yirik kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi
Dek 25, 2021 Posted by: Media markaz Fotoreportajlar Videoreportajlar Yangiliklar

O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir Jamshid Xodjayevning turli sektorlarda faoliyat olib boruvchi «Ihlas Holding» turk kompaniyasi ijrochi direktori Rasim Kan Aytogu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Turkiya va O‘zbekiston tomonlari o‘rtasida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini takomillashtirish, mamlakatimizda agrar sektorni yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali rivojlantirish, shuningdek, investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Muzokaralar chog‘ida Turkiya vakillarining O‘zbekiston iqtisodiyotining moliyaviy barqarorligiga ishonchi ortib borayotgani tufayli qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilg‘or mexanizm va texnologiyalarni baham ko‘rishga tayyor ekani ma‘lum qilindi.

O‘z navbatida vazir tomonidan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir nechta loyihalar, shu jumladan, Respublika hududlarida amalga oshiriladigan pilot dasturlar taklif etildi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda vazirlikning mas‘ul xodimlari belgilandi. Shuningdek, tomonlar yaqin vaqtda navbatdagi uchrashuvlarni bevosita yuzma-yuz yoki videokonferensaloqa formatida o‘tkazishga kelishib oldilar.

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: