O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi veb-sayti tezkor aloqa chatiga foydalanuvchilardan savollar kelib tushmoqda. Savollar agrar sohaga oid turli mavzularda bo‘lib, ularga vazirlikning tegishli mutaxassislari ishtirokida javoblar tayyorlanmoqda.
Мen “Lolazor chashmasi” fermerligini yuritaman. 45 gektar yerim bor. O‘zbekiston kanalidan suv ochmoqchiman, shunga hamma loyihalar, texnik shartlar qilingan. Mana shu loyihani amalga oshirish uchun tumanimiz suv melioratsiya mutasaddi boshliqlari to‘sqinlik qilmoqda.
Sizning vazirlikning www.agro.uz saytidagi chat-boti orqali yo‘llagan murojaatingiz o‘rganib chiqildi. Quyidagilarni ma’lum qilamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan suv resurslari samarali boshqarilishini ta’minlash, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini suv resurslari bilan barqaror hamda oqilona ta’minlash, suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish, ularni rivojlantirish va qurishni tashkil etish Suv xo‘jaligi vazirligi vazifalaridan hisoblanadi.
Yuqoridagilarni hisobga olib, kelajakda loyihangizni amalga oshirish yuzasidan Suv xo‘jaligi vazirligiga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiqligini bildiramiz.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: