Imtiyozli kredit hisobidan import qilinadigan barcha tovar, xizmat, texnika va texnologiyalar, jihoz va uskunalar soliq to‘lovlaridan, yaʼni qo‘shimcha qiymat solig‘i, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlardan ozod etiladi.
Kredit mablag‘larini rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar tijorat banklariga taqdim etiladi:
– Kredit olish to‘g‘risida ariza;
– Korxona taʼsis hujjatlari va guvohnomasi (nusxasi);
– Loyihaning ekologik ekspertizasi (tuman tabiatni muhofaza qilishbo‘limi);
– Loyihaning ekologik ekspertizasi bo‘yicha xulosa (viloyat tabiatni muhofaza qilish boshqarmasining xulosasi; lozim hollarda (atrof muxitga yuqori darajada taʼsir ko‘rsatuvchi loyihalar uchun) respublika tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi xulosasi);
– Hisobot yili uchun korxonaning buxgalteriya balansi va moliyaviy hisoboti (nusʼha);
– Tovarlar, xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha xorijiy hamkor bilan imzolangan kontrakt (nusʼha);
– Xarid qilinadigan tovar, xizmatlar yetkazib berish bo‘yicha kamida 3 ta firma yoki kompaniyadan olingan tijorat takliflar;
– Korxona aksionerlari yoki taʼsischilarining kredit olish uchun roziligi to‘g‘risidagi umumiy yig‘ilishi bayonnomasi (nusʼha);
– Loyihaning Biznes-rejasi;
– Garov taʼminoti bo‘yicha tegishli hujjatlar (kredit summasidan 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda);
– Loyiha xususiyatidan kelib chiqib, tijorat banklar tomonidan boshqa zaruriy hujjatlar talab etilishi mumkin.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: