O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) mamlakatimizdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda «Barqaror rivojlanish va paxta sanoatida qo‘shilgan qiymatning ortishi» global dasturi bo‘yicha mutaxassislar uchun seminar o‘tkazishdi. FiBL Organik qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining (Shveysariya) xalqaro ekspertori Jian Nikolay dastur ma’ruzachisi sifatida qatnashdi.
Tadbir Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tdi. Seminarning maqsadi organik qishloq xo‘jaligi va uning afzalliklari, zararkunandalarga qarshi kurash, zamonaviy agrotexnologiyalar singari bir qator muhim yo‘nalishlar bilan tanishtirish va muhokama qilishdan iborat edi. Shuningdek, organik standartni olish, guruh bo‘lib organik paxta ishlab chiqarishda ichki tekshiruvni o‘tkazish va umuman olganda organik qishloq xo‘jaligi tizimi va unga o‘tish mezonlari o‘rganildi.
– Organik mahsulotlarni yetishtirishda nafaqat daromad olish, balki ekologiklik va jarayonning ijtimoiy yo‘naltirilganligi kabi juda muhim asoslar fermerning asosiy maqsadiga aylanishi kerak. Bunday ishlab chiqarishda muvozanat bo‘lishi darkor, aks holda uni organik yetishtirish usuli deb atab bo‘lmaydi, – dedi xalqaro ekspert Jian Nikolay.
Seminar davomida ma’ruzachi organik qishloq xo‘jaligining eng muhim afzalliklarini sanab o‘tdi:
– Ekologik toza, energiya tejaydigan va barqaror ishlab chiqarish;
– Tuproqning unumdor qatlamini yaratishda mahalliy qayta tiklanadigan manbalardan foydalanish;
– Bozor talablariga javob beradigan yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish;
– Biologik almashinuv sikllarini oshirish;
– Ekologik barqarorlikka ershish;
– Uzoq muddatli rentabellikni ta’minlash;
– O‘sib borayotgan bozor imkoniyatlaridan foydalanish;
– Ekologik birlikni saqlash;
– Organikaga o‘tishning muhimligi borasida umumiy savodxonlikni oshirish, fermer xo‘jaliklari xodimlari va rabarlarini rivojlantirish.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: