Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir o‘rinbosari Bunyod Oxunov hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati – GIZning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili Beate Schoreit bilan uchrashdi.
Uchrashuvda vazirlik bilan hamkorlikda hududlarda kichik ishlab chiqarish zonalarini tashkil etish, organik mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, “Global G.A.P.” xalqaro standartlari asoisida soha rivoji uchun salohiyatli kadrlarni tayyorlash va chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati – GIZ vakillari yurtimizda Germaniya tarjirabasi asosida organik mahsulotlar yetishtirish, uni xalqaro sertifikatlar bilan ta’minlash hamda eksportga yo‘naltirishda doimiy hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildi.
B.Oxunov o‘z navbatida ushbu hamkorlik qishloq xo‘jaligini rovjlantirish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda “Global G.A.P.” xalqaro sifat sertifikatini olishda mahalliy va kichik fermer xo‘jaliklariga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida e’tirof etdi.
Uchrashuv so‘ngida yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligi, jumladan, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda yangi va innovatsion usullari joriy etish bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: