Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati va xavfsizlik ko‘rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5995-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash;
– qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish tamoyillariga muvofiq bo‘lgan organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tizimini yaratish bo‘yicha faoliyat olib boradi;
– organik yoki maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini asosida mahsulot ishlab chiqarish davlat siyosatini shakillashtirish va amalga oshirishni, shuningdek, organik mahsulot ishlab chiqarishda tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
– organik yoki maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qo‘shimcha qiymat zanjirida qatnashuvchi barcha ishtirokchilarning faoliyatini muvofiqlashtirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy bazasini shakllashtiradi;
– organik qishloq xo‘jaligida muvofiqlikni baholash idoralari faoliyatini avtorizatsiyalash hamda rasmiy nazoratga tegishli bo‘lgan maxsus vazifalarni bir nechta nazorat organlariga bo‘lib berish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani shakllashtiradi;
– tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlar asosida organik qishloq xo‘jaligida muvofiqlikni baholash idoralari faoliyatini avtorizatsiyalash va rasmiy nazoratga tegishli bo‘lgan maxsus vazifalarni bir nechta nazorat organlarga bo‘lib beradi va nazoratini olib boradi;
– inson sog‘ligiga, atrof muhitga va hayvonot olamiga zarar yetkazmaydigan innovatsion texnika va texnologiyalar, usullar
va jarayonlarni qo‘llagan holda iste’molchilar talablariga muvofiq bo‘lgan turli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarishga qulay sharoitlar yaratadi;
– organik mahsulot ishlab chiqarishda foydalanishga ruxsat etilgan organik material va vositalar ro‘yxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
– organik mahsulotlar va xomashyolarni ishlab chiqaruvchilarning yagona reestrini yuritadi;
– organik mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirishni nazorat qiladi;
– aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi bo‘yicha davlat boshqaruvi va iste’molchilar huquqini himoya qilish bo‘yicha vakolatli organlar bilan birga organik mahsulot ishlab chiqarish va ularni muomalaga chiqarish qoidalarini ishlab chiqadi;
– organik yoki maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini asosida mahsulot ishlab chiqarishda ta’lim sohasini rivojlantirishni va jamoatchilikni xabardorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi;
– organik yoki maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini asosida mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha davlat-xususiy sherikligini qo‘llab-quvvatlash
va rivojlantirish choralarini ko‘radi;
– organik yoki maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini asosida mahsulot ishlab chiqarish sohasida innovatsion texnika va texnologiyalar
va usullarini ishlab chiqarish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish choralarini ko‘radi;
– organik usulda ishlab chiqilgan pestitsidlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini va davlat reestrini yuritilishida hamda respublikada ishlab chiqiladigan, olib qiriladigan va qo‘llaniladigan organik pestitsidlar, o‘g‘itlar xavfsizlik ko‘rsatkichlari me’yorlar tahlillari o‘tkazilishini tashkil qiladi;
– xalqaro va ichki bozorlarda organik mahsulot ishlab chiqarish va savdosini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi.
Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
– O‘zbekiston Respublikasida organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasini(keyingi o‘rinlarda – Konsepsiya) amalga oshirish doirasida takliflar ishlab chiqadi;
– konsepsiya va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning o‘z vaqtida
va samarali ijro etilishini ta’minlash hamda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
– konsepsiya va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni o‘z vaqtida va samarali ijro etilishini monitoring qiladi va zaruriy choralarni ko‘rib boradi;
– organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini joriy qilish ishlariga salohiyatli investorlar ishtirokini ta’minlaydi;
– qishloq xo‘jaligida organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini joriy qilish asosida foydalanadigan yerlardan oqilona va samarali foydalanish, uni unumdorligiga va sog‘lomligiga ijobiy ta’sir etuvchi omillarni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;
– qishloq xo‘jaligida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha Davlat dasturlarini shakllantirishda ishtirok etadi;
– organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini joriy qilgan qishloq xo‘jaligi va qayta ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
– manfaatdor vazirliklar, idoralar, hokimliklar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirkorlardan organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasidagi zaruriy ma’lumotlarni oladi;
– organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, ularni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
– organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash masalalari bo‘yicha fermer va dehqon xo‘jaliklari va boshqa manfaatdor tadbirkorlik subyektlari uchun o‘quv va maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi;
– organik mahsulot va xomashyolarni sertifikatlashtirish idoralari, ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlovchi korxonalar realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi elektron axborot bazasini yaratadi, uning doimiy yangilanib turishini ta’minlaydi;
– organik mahsulot va xomashyolarni sertifikatlashtirish idoralari, ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlovchi korxonalar realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi reestrni yuritadi;
– Respublika miq’yosida va hududlar kesimida organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‘tgan yer maydonlari, ishlab chiqarish hajmlari
va realizatsiya qilinishi (eksport va improt) to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumotlarni chop etadi;
– organik urug‘chilikni tashkil etadi va ushbu yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytiradi va jadallashtiradi;
– organik mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, sotish va sertifikatlash bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik subyektlari faoliyatining ekvivalentligini baholaydi va avtorizatsiyalash tizimini yaratadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: