Jo‘xori – muhim ozuqa, texnik va oziq-ovqat ekini bo‘lib, u dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yetishtiriladi. Jumladan, Hindiston, Sudan, Xitoy, Koreya, Ispaniya, Fransiya, Ukraina va boshqa ko‘plab davlatlarda ekiladi.
Jo‘xorining ahamiyatli jihati, katta maydonlarda yetishtirilishi, uni tuproq tanlamasligi, beorligi, urug‘ sarfi kamligi, yuqori ekologik moslanuvchanligi, issiqqa, qurg‘oqchilikka va sho‘rga chidamliligidir. Jo‘xorining yuqori mahsuldorligi, ozuqaviyligi va qo‘llanishi bo‘yicha universalligi sababli, dunyo bo‘yicha istiqbolli ekinlar safiga kiritilgan.
O‘zbekistonda sho‘rlangan yerlardan unumli foydalanish, chorva hayvonlarining kunlik ratsionida to‘yimli, sershira ozuqa hamda sanoatni arzon xomashyo mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida foydalanib kelinayotgan ekinlardan biri, bu jo‘xori (sorgo) ekinidir.
Oq jo‘xorini O‘zbekistonda Katta bosh, Matkair, Olti oylik, Qirq kunlik va Boyjo‘xori navlari yaratilgan.
Chorvachilik va parrandchilik ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan O‘zbekiston 18, O‘zbekiston 5, O‘zbekiston pakanasi, Ozuqa ekinlari ilmiy tajriba stansiyasida Daulet, Qorabosh, Azamat, Massino va Ozodlik navlari yaratilgan bo‘lib, birlamchi urug‘chiligi olib borilmoqda.
Mahalliy navlarni gektariga 70 mingdan 150 mingtagacha to‘pda parvarish qilinib, don hosildorligi 50-150 s/ga, yashil massasi 250-1200 s/ga, poyasida 12-22 foizgacha qand moddasi mavjud.
Mahalliy navlarda urug‘lik sarfi 6-10 kg/ga tashkil etadi.
Tezpishar navlar vegetatsiya davri 85-95 kun, o‘rtapishar navlarni vegetatsiya davri 125-130 kunni tashkil etadi.
Bugungi kunda aholi shaxsiy tomorqalari va dehqon xo‘jaliklarida jo‘xori ekini yetishtirilib, umumiy ovqatlanish muassasalarida oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda hamda aholi chorva mollari uchun ozuqa sifatida foydalanilmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: