Amaliy tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tashrif dasturiga muvofiq, Ellikqal’a tumanida joylashgan “Bo‘ston klaster” MCHJ paxta to‘qimachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan yangi mexanizmlar mazmun-mohiyati, klasterlarning muammo va takliflari o‘rganildi. Jumladan, klasterlar faoliyatida muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirish, suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash, innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Darhaqiqat, bugun hayotning o‘zi yangi innovatsion usul — klaster tizimining huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy afzalliklari ko‘pligini namoyon etmoqda.
Binobarin, klaster tizimini joriy etish, zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini yaratish va tomorqa xo‘jaligi amaliyotini kengaytirish nafaqat hosildorlikni, balki qishloqda aholi turmush darajasini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Ta’bir joiz bo‘lsa, ushbu yangi tuzilma o‘tgan juda qisqa vaqt ichida agrar sohani harakatlantiruvchi yetakchi kuch — drayveriga aylandi.
Vazir o‘z navbatida, mamlakatimizda iqtisodiyotni, jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, fermer, klaster hamda kooperatsiyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalasiga har doimgidan ham ko‘proq ahamiyat berilayotganini alohida e’tirof etdi.
Shundan so‘ng, yondosh hududda joylashgan “Bo‘ston 18” fermer xo‘jaligida chigit ekish ishlari bilan tanishildi.
Vazir chigit ekish jarayonlari bilan ekan, avvalo, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Xitoydan olib kelingan mazkur urug‘likni yetishtirish, avvalo, Qoraqalpog‘iston diyorida tajriba sinov tariqasida yerga qadalayotgan mazkur navlarni konturlar kesimida ekish, g‘o‘za parvarishi uchun xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan ilg‘or va zamonaviy qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalari ishlab chiqish, vegetatsiya davrida alohida nazoratga olish va yetishtirishda ularning aprobatsiyasini to‘g‘ri va o‘z muddatida o‘tkazish hamda hosildorlikni karrasiga oshirish borasida o‘z takliflarini berib o‘tdi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan xorijdan sifatli urug‘likni olib kelish tizmi yo‘lga qo‘yilgani ham avvalo mahsulot tannarxini tushirish, xalq ma’murligi va oziq-ovqat xavfsizligi bosh omil ekanini o‘ylash va shu asosda ish olib borishni ko‘zda tutilgani bilan ahamiyatli.
Eng asosiysi, bugun qilinayotgan har bir islohot dehqonning, quyi bo‘g‘indagi har bir insonning hayot tarzini yaxshi tomonga o‘zgartirish, farovonlikni oshirishga xizmat qilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligiga erishish, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini oshirishga nafaqat yurtimizda, balki dunyo miqyosida alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz agrar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar davlatimiz rahbari tomonidan agrar soha mutasaddilari oldiga qo‘yilayotgan vazifa va belgilab berilayotgan topshiriqlar ham aynan qishloq xo‘jaligining rivoji, yurtdoshlarimizning farovon hayot kechirishlarini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: