Mamlakatlarimizning milliy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgach, o‘zaro do‘stlik, mustahkam ishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda. Bu yil davlatlarimiz o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 32 yil to‘ladi.
Xitoy bilan O‘zbekiston manfaatlari va taqdiri, quvonch va tashvishni birgalikda baham ko‘radigan teng huquqli hamda o‘zaro manfaatdor sheriklardir. Ikki mamlakat ham qadimiy tarixga ega bo‘lib, ularni madaniyatlar mushtarakligi o‘zaro birlashtirib turadi va yanada yaqinlashtiradi.
O‘zaro manfaatli hamkorlikning huquqiy bazasini 2005-yilda imzolangan Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma, 2010-yildagi Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlarini har tomonlama chuqurlashtirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, 2012-yildagi Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiya, 2013-yildagi Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqidagi Qo‘shma deklaratsiya, 2014-2018-yillarga mo‘ljallangan Strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish dasturi hamda 2016-yilda imzolangan Qo‘shma bayonot tashkil qiladi.
Mazkur hujjatlarning qabul qilinishi ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, nihoyatda keng ko‘lamlidir. Ular uzoq muddatli istiqbolda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: