Qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar bo‘yicha platforma yaratish, davlat tashkilotlari vakillari, tadbirkorlar va mutaxassislar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish kabi masalalar Yevropa Ittifoqining Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magi ostidagi ASK (Agriculture Support and Knowledge) loyihasining asosiy mavzusiga aylandi. Muloqot Toshkent viloyatidagi Qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiyalar va xizmatlar AKIS markazida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda agrar soha mutaxassislari, qishloq xo‘jaligini kreditlash bo‘yicha muqaddam o‘tkazilgan dasturlar benefitsiarlari, hududiy qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutlari tadqiqotchilari, fermerlar, bog‘bonlar va chorvadorlar ishtirok etishdi. Mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari ko‘rib chiqildi.
«Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar turli sohalarni o‘z ichiga oladi, shuning uchun davlat ushbu islohotlar benefitsiarlari, ya’ni qishloq xo‘jaligiga jalb etilgan xususiy sektor vakillari bilan doimiy ravishda muloqot qilib turishi darkor. Qishloq xo‘jaligi qo‘llab-quvvatlash va bilimlarni oshirish dasturi (ASK) ustuvor yo‘nalishlarni isloh qilish bo‘yicha harakatlar amalga oshirilishini boshqarish maqsadida davlat va xususiy sektor o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun platforma ishlab chiqishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Bugungi uchrashuvni davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi munosabatlarning qayta o‘rnatilishi deb hisoblash mumkin», — dedi agromoliyalashtirish bo‘yicha eksperti Adham Ergashev.
Dastlabki bosqichda bunday tadbirlar 4 viloyatda o‘tkazildi: Farg‘ona, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo. Joylarda fermer xo‘jaliklari va uyushmalar vakillari, AKIS markazlari mutaxassislari, tadbirkorlar va davlat xizmatchilari bilan uchrashuvlar tashkillashtirildi.
Davlat-xususiy muloqot respublika platformasi har chorakda hududiy va respublika miqyosida o‘tkaziladi. Kelgusida platformaning barqaror rivojlanishi uchun ASK dasturi muloqotlar o‘tkazishni Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazlari (AKIS)ning viloyat bo‘limlariga topshiradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: