Serqirra hamkorlik ikki mamlakat xalqiga ham foyda keltirib, ular tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Qayta tiklanayotgan “Buyuk ipak yo‘li” loyihasi har bir ishtirokchi-davlatga o‘z imkoniyatlaridan to‘la foydalanish, o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, savdo va investitsiya sohalarida qulay sharoitlar yaratish, transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim, madaniyat sohalarida hamkorlik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston va Xitoy bugun turli loyihalar, avvalambor, yuqori texnologiyalar sohasidagi loyihalarni hayotga tatbiq etish borasidagi hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Shu jumladan, O‘zbekistonda Xitoy kapitali ishtirokidagi faoliyat yuritgan korxonalar soni hozirgi kunda qariyb 2000 ga yaqinlashdi. Bu esa, xitoylik ishbilarmonlarning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishining ortib borayotganidan darak beradi.
O‘zbekiston uchun Xitoy bilan strategik hamkorlikni mustahkamlash, keng savdo-iqtisodiy, investitsion va moliyaviy hamkorlikni kengaytirishni o‘zaro manfaatdorlik va teng huquqlilik tamoyillariga asoslangan ikki tomonlama munosabatlar ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.
1992-yilda imzolangan Ikki tomonlama Savdo-iqtisodiy bitimga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi o‘rnatilgan. Hozirda O‘zbekistonning savdo sohasidagi sheriklari orasida Xitoy ikkinchi (Rossiyadan keyingi) o‘rinni egallaydi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: