Bugun hamkorlar bilan yuzma-yuz ko‘rishish, istiqbol va amaliyotdagi imkoniyatlarni to‘g‘ri chamalay bilish zaruriy ishlar sirasidan joy olgan. Savollarga javoblar, o‘zingiz haqingizda imkon qadar ochiq ma’lumot berish tadbirkorlikning ajralmas qonuniyatiga aylanib ulgurdi.
Xitoy asrlar davomida yangilik va o‘zgarishlarga intiluvchanligi bilan ajralib turgan. Ne ixtiro va yangiliklari insonlar hayot darajasini oshishi va mushkulini oson qilishga xizmat qilib kelayotgani ham rost. An’analar davom etadi. Buni yer kurrasida yashayotgan har bir inson misolida gapirsa bo‘ladi. Boisi, bu yurtning mahsulotlari kirib bormagan va u haqida eshitmagan topilmasa kerak. Barchasiga esa qat’iy intizom, ishiga bo‘lgan mas’uliyat va vatanparvarlik asos bo‘lgan desak, mubolag‘a emas.
Bugun nafaqat madaniyat, turizm, suv xo‘jaligi sohalarida, balki qishloq xo‘jaligi sohasida ham ulkan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov va vazirlik mutasaddi vakillari ham o‘z yo‘nalishida hamkorlik loyihalarini amalga oshirish va Xitoy tajribasini O‘zbekistonda ham joriy etish ilinjida.
Mana shunday xislatlar jam bo‘lgan diyor tadbirkorlari O‘zbekiston bilan tadbirkorlik va ishbilarmonlik munosabatlarini mustahkamlash ilinjida. Sarmoya kiritish hamda shu orqali o‘z bizneslari qaddini ko‘tarib olish ilinjida ular. Mamlakatimiz xitoyliklar uchun tarixan doimo katta qiziqish markazida bo‘lgan. Buni tarixan yaxshi anglaymiz. Zamonaviy dunyo taraqqiyotining qoidalari ana shu tarixiy mushtaraklikni ishonchli sherik va hamkor munosabatlarida davom ettirishga zamin yaratayotir.
Davlatimiz rahbarining rasmiy Pekin taklifiga ko‘ra amalga oshiradigan davlat tashrifi arafasida tashkillashtirilgan O‘zbekiston-Xitoy qishloq xo‘jaligi biznes forumi ham yuqoridagi fikrimizning yaqqol dalilidir. Nega aynan ushbu yo‘nalishda degan haqli savol tug‘iladi. Javobi ham oddiy: bugun biznes aniq va manzilli ishlashni afzal ko‘radi. Shuning uchun O‘zbekistonning XXRdagi elchixonasida tashkil etilgan anjuman o‘z atrofiga 80 ga yaqin tadbirkorni jamladi. Aslida ishtirokchilar soni juda ko‘p edi. Ammo joy va vaqt imkoniyatlari tufayli ularning sonini joyida qisqartirishga to‘g‘ri keldi. Seksiya va sessiyalarga bo‘linib ish tashkil qilindi. Bu esa xitoylik tadbirkorlarning yurtimiz iqtisodiyoti va uning istiqboliga bo‘lgan qiziqishlari nechog‘li kuchli ekanini ko‘rsatib turibdi. Ochig‘i, tadbirga taklif etilganlar bilan bir qatorda yirik va nufuzli kompaniya vakillari ham esh bo‘lib kelishdi. Quvontirgani, sarmoya bilan birgalikda eng so‘nggi ishlanma, ilmiy izlanish natijalari hamda bilim hosilalarini ayni O‘zbek zaminida istiqbolli sanayotir ularning bari.
Suv tejovchi texnologiyalar, urug‘chilik, chorvachilik, mahsulotlarni qayta ishlash, yer holatini tiklashga yo‘naltirilgan ishlanmalar, mevali ko‘chatlar yetishtirish, issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish, hayvonlarda uchraydigan kasalliklarga qarshi vaksinalar, qo‘ziqorin yetishtirish, agrologistika markazlarini tashkil etish, innovatsion laboratoriyalar tashkil etish, bog‘ va uzumzorlarni aqlli boshqarish tizimlari, poliz mahsulotlarining hosildorligini oshiruvchi, don va dukkakli mahsulotlarning yangi avlodini yetishtirish loyihalari. Bu faqat ayni qog‘ozdan amaliyotga ko‘chayotgan kelishuvlar. Qayd etganimiz 80 dan ziyod tadbirkor ayni yerning o‘zida 10 ga yaqin o‘zaro kelishuvlarga imzo chekdi. Va ilk savol: ishni qachon boshlasak bo‘ladi? Demak, O‘zbekiston o‘zining ishonchli hamkor ekanini har on va har yerda isbotlab turibdi. Bu yurtimizga berilayotgan haqqoniy baho. Buni xitoyliklar yaxshi bilishadi. Biznes foyda ustiga quriladi. Ammo bugungi uchrashuv ishtirokchilari nafaqat foyda, balki har tomonlama suyansa bo‘ladigan chin hamkor topganlaridan mamnun. Chin so‘zi, ham qiyosiy ham ishbilarmonlik lug‘atidagi asosiy manba bo‘lib xizmat qilishga ishonishlari esa quvonarli hol.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: