O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi «Qishloq xo‘jaligini standartlashtirish» hamda «Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash» markazlari Latviya Respublikasining «Sertifikatlash va sinash markazi» bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzoladilar.Hujjatda hamkorlikni kuchaytirish, organik qishloq xo‘jaligi va qaytash ishlash bo‘yicha korxonalarni baholash tizimini rivojlantirish yo‘lida xizmat qilish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashina-agrouskunalarini sinash jarayonlari hamda ish muhiti parametrlarini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish masalalari ko‘zda tutilgan.
“Yaqinda Latviya Sertifikatlash va sinash markazi 110 yoshga to‘ldi. Biz o‘zbekistonlik hamkasblar bilan 2014-yildan buyon do‘stona munosabatlarni o‘rnatganmiz va bugun ushbu aloqalarni hujjatlar orqali yanada mustahkamladik. Memorandumni imzolash jarayonida ikki mamlakat hukumat vakillari ishtirok etishdi. Biz o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan to‘plangan tajriba va bilimlarimizni baham ko‘rmoqchimiz, hamkorlik samarali va qiziqarli bo‘lishiga aminmiz”, – deya ta’kidladi Latviya Respublikasi Sertifikatlash va sinash markazi rahbari Antanas Makarevichius.
Memorandum doirasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ishchi guruhlarni shakllantirish, sertifikatlash bo‘yicha laboratoriyalar va organlar negizida, xususan, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi «Qishloq xo‘jaligini standartlashtirish» hamda «Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash» markazlarida organik mahsulotlarni sertifikatlashni takomillashtirish rejalashtirilmoqda.
“Memorandumda belgilangan vazifalarni amalga oshirish organik mahsulotlar ishlab chiqarishni tartibga soluvchi sifatli normativ hujjatlarni ishlab chiqishga, “organika” ishlab chiqarishni baholash mexanizmlarini, O‘zbekistonga olib kirilayotgan qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini boshqarish va sinash tizimlarini rivojlantirishga imkon beradi” – deb ta’kiladi Organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jumanov.
Shuningdek, Latviyaning yetakchi mutaxassislari bilan birgalikda treninglar, ilmiy anjumanlar, seminar va simpoziumlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: