O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir Jamshid Xodjayevning Latviya dehqonchilik vaziri Kaspars Gerxards bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Salohiyati ulkan bo‘lgan qishloq xo‘jaligi tarmog‘i ikki tomonlama hamkorlikning muhim sohasi hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti rivojlanishi kutilmoqda: joriy yilning 6 oyi davomida Latviya bozoriga 1,5 million dollarlik meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar ko‘p – 800 ming dollar).
«Ayni paytda O‘zbekistonda «Organik» qishloq xo‘jaligini rivojlantirish birinchi planga chiqmoqda va ushbu nuqtai nazardan, O‘zbekistoning texnik tartibga solish sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish, sertifikatlash tizimlarini shakllantirish, shuningdek o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash Latviyaning «Sertifikatlash va sinov markazi»ning faol ishtirokiga e’tibor qaratmoqchiman, — dedi Jamshid Xodjayev. — O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi va «Sertifikatlash va sinov markazi» (Latviya) o‘rtasida yaqin orada imzolanishi rejalashtirilgan Memorandumning loyihasi tayyorlandi. Memorandum qishloq xo‘jaligi texnikalari va «organik» qishloq xo‘jaligini baholash, mashina uskunalari sinovlarini o‘tkazish, shuningdek qishloq xo‘jaligi texnikasini sertifikatlash texnologiyalarini joriy etish kabi sohalarda hamkorlikni faollashtirishni ko‘zda tutadi».
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri mehmonlarga O‘zbekistonda bilimlar, fan va innovasiyalar tizimi – Agricultural Knowledge and Innovation System (AKIS) haqida so‘zlab berdi, shuningdek Latviya ilmiy-tadqiqot muassasalari, xususiy sektor vakillari ushbu tashabbusda faol ishtirok etishdan manfaatdor bo‘lishlari mumkinligini bildirdi. Shuningdek, u bosqichma-bosqich O‘zbekistonning barcha hududlarida barpo etiladigan, «yagona darcha» tamoyili asosida fermerlarga ixtisoslashgan xizmatlarni ko‘rsatuvchi noyob agromarkazlar haqida so‘zlab berdi, ularda veterinariya va fitosanitariya xizmatlaridan tortib, urug‘liklar, ko‘chatlar, yosh qoramollarni sotish bo‘yicha hamda yer, suv, geoaxborot ma’lumotlarini olish va xalqaro sertifikatlash kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. Ushbu markazlar negizida xorijiy yetkazib beruvchilarning yangi texnologiyalari doimiy asosida namoyish etib boriladi, fermerlar shu joyning o‘zida shartnomalarni imzolash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
«Latviyada xuddi shunga o‘xshash markaz bor – u Qishloqlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati (LAD) deb ataladi va dehqonchilik vazirligimiz hamda Latviya dehqonlar federasiyasining hamkorlikdagi korxonasi hisoblanadi, — deydi Latviya dehqonchilik vaziri Kaspars Gerxards. – Biz markaz o‘z faoliyatini olib borishi uchun sarmoya kiritamiz va subsidiyalar taqdim etamiz. Uning asosiy maqsadi qog‘ozbozliklarga chalg‘imasliklari uchun fermerlarga ko‘mak va yordam ko‘rsatishdan iborat. Qishloqni qo‘llab-quvvatlash xizmatimiz faoliyati, maslahatlarni qanday tashkillashtirganimiz, subsidiyalash qanday olib borilishi bilan tanishtirish maqsadida o‘zbekistonlik hamkasblarimizni yurtimizga taklif etdik. Biz mamnuniyat bilan o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan aloqa va ilm-fan sohasidagi tajribalarimiz bilan almashamiz».
Ayni paytda O‘zbekistondagi agrar sanoatning investision jozibadorligini oshirish bo‘yicha faol choralar ko‘rilmoqda. Xususan, bozor tamoyillarini keng joriy etishni nazarda tutuvchi ijobiy agrobiznes iqlimni va qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan vazir Xodjayev Latviya tomoniga bir qator istiqbolli loyihalarda ishtirok etishni taklif qildi, bular: O‘zbekistonda hamkorlikda qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va kakao donalarini qayta ishlashni tashkil etish; qandolatchilik mahsulotlari uchun mevalarni qayta ishlash (murabbo, pyure, masalliq); parrandachilik fermasini yaratish va tovuq go‘shtini qayta ishlashni tashkil etish.
«Jamshid Xodjayev bilan bugungi uchrashuvda biz keyingi hamkorlikni batafsil muhokama qildik, — dedi Kaspars Gerxards. — Latviya ahli O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va sizning boshqa mahsulotlaringizni ham juda yaxshi biladi, ammo tabiiyki, mamlakatingiz salohiyati ancha baland. Biz o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning Yevropa bozoriga kirishiga bajonidil yordam beramiz».
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: