Joriy yilning 15-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev hamda Singapurning Wilmar International kompaniyasi vakili Charles Cheau ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda, ikki mamlakat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish, shuningdek, hamkorlikda avval amalga oshirilgan loyihalar kelishuvlarni yanada jadallashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🖇Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda erishilgan yutuqlarga qaramay, amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun hali ham keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlab o‘tildi.
Aytish kerak, Wilmar kompaniyasi 1991-yil 1-aprelda Singapurda tashkil etilgan Osiyodagi yetakchi agrosanoat korporatsiyasi hisoblanadi. Kompaniya Singapur savdo birjasida bozor kapitallashuvi bo‘yicha yuqori mavqega ega hisoblanadi. Operatsion nuqtayi nazardan, kompaniya butun qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat zanjirini qamrab oluvchi integratsiyalashgan agrobiznes modeli sifatida kuchli mavqega ega.
Vazir o‘z navbatida, Singapur bilan bir necha yil avval qishloq xo‘jaligi sohasida donorlik tizimini yo‘lga qo‘yilgani, bugungi hamkorlik uchrashuvi esa, kelgusida amalga oshiriladigan faol islohotlar, qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha qiymat zanjirini rivojlantirish, agro-oziq-ovqat tizimini transformatsiya qilish uchun muhim ekanini qayd etdi.
Shuningdek, suhbat davomida agrar sohadagi hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Shundan so‘ng, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,Toshkent viloyati hokimligi va Wilmar International kompaniyasi o‘rtasida kelishuv shartnomasi imzolandi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: