Jumladan, bir tonna shakarning narxi 10-iyun kungi 14 555 ming so‘mdan 16-iyunga kelib 10 627 ming so‘mga tushgan va 27 %ga arzonlashgan. Shuningdek, 10-iyun kuni birja savdolarida 1-navli un mahsulotining bir tonnasi 4530,8 ming so‘mdan sotilgan bo‘lsa, 16-iyun kungi natijalarga ko‘ra, unning narxi 5,2 %ga arzonlashgan va bir tonnasi 4 294,6 ming so‘mdan realizatsiya qilingan.
Ushbu hafta boshidan buyon, ya’ni 13-16-iyun kunlari birja savdolariga 9003 tonna shakar mahsuloti chiqarilgan bo‘lib, bir kunlik savdolarga o‘rtacha 2 250,7 tonnadan to‘g‘ri kelmoqda.
Shu bilan birga 1-navli unning 13-16-iyun kungi birja savdolarida taklif etilgan jami hajmi 28 154,8 tonnani tashkil etib, bir kunlik savdolarga o‘rtacha 7 038,7 tonnadan to‘g‘ri kelgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: