Imtiyozli kredit mablag‘larini quyidagi tijorat banklari orqali beriladi:
Milliy Bank.
Qishloq qurilish Bank.
Ipoteka Bank.
Turon Bank.
Asaka Bank.
Imtiyozli kredit mablag‘larini olish shartlari:
Kreditlar kichik intensiv bog‘dorchilik va uzumchilikka 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilikka 6 oygacha imtiyozli davr bilan
2 yilgacha muddatga ajratiladi;
Kredit mablag‘lari AQSH dollari va milliy valyutada beriladi;
Foiz stavkasi – 6,5%-7 % dollarda va 15% milliy valyutada bo‘ladi.
Kredit mablag‘larini rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar yig‘ilib tijorat banklariga taqdim etiladi
Meva-sabzavotchilik tarmog‘idagi kooperativ va kooperatsiya uchun:
Kredit mablag‘larini olish to‘g‘risidagi Ariza;
Korxona taʼsis hujjatlari va guvohnomasi (nusxasi);
Oxirgi yil uchun korxonaning buxgalteriya balansi (nusxasi);
Tovar, xizmatlar, texnika va texnologiyalar yetkazib beruvchilardan olingan kamida 3 ta tijorat taklifi;
Tovar, xizmatlar, texnika va texnologiyalarni xarid qilish bo‘yicha imzolangan shartnoma (nusxasi);
Loyihaning ekologik ekspertiza xulosasi (Hududiy tabiatni muhofaza qilish boshqarmalari) (nusxasi);
Loyihaning biznes-rejasi;
Garov taʼminoti bo‘yicha tegishli hujjatlar (sug‘urta polisi);
Loyiha xususiyatidan kelib chiqib, tijorat banklar tomonidan boshqa zaruriy hujjatlar talab etilishi mumkin.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: