Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining matbuot kotibi

AGRO.UZ > O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining matbuot kotibi
AGRO.UZ > O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining matbuot kotibi
Matbuot kotibining vazifalari va funksiyalari

– Vazirlik faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;

– vazirlikda mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

– vazirlikning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish;

– axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

– ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor maʼlumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini taʼminlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;

– muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida vazirlik rahbarlarining chiqishlarini tashkil etish;

– axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida vazirlik faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;

– davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, maʼlumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

– vazirlik faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini o‘rganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular to‘g‘risida davlat organlari va tashkilotlari rahbariyatiga axborot berib borish;

– davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida vakolatli vazirliklar va idoralar orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto-, audio-, videomateriallar va h.k.) bilan taʼminlash;

– davlat organlari va tashkilotlarining vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirish;

– davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: