O‘zR qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev va Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori Shuhrat Mamajonov ishtirokida turkiyalik hamkorlar— “Turktob” kompaniyasi bosh direktori Savash Akchan hamda “Natural seeds” kompaniyasi boshlig‘i Mustafo Feday O‘zaslan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumki, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro tarraqqiyot uyushmasi ishtirokida Urug‘chilikni rivojlantirish markazi va uning tizimidagi urug‘lik tayyorlash sexlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan majmualarni tashkil etish uchun 26,5 mln AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratilishi belgilangan. Ushbu mablag‘lar urug‘likni qayta ishlash, saralash, dorilash va qadoqlash bo‘yicha zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan majmualarni tashkil etish uchun yo‘naltiriladi. Jumladan, ushbu yo‘nalishni joriy etish uchun Andijon viloyatiga 2,4 million AQSH dollarlik mablag‘ ajratish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi.
Loyihani amalga oshirish va xalqaro boshqaruv tizimini tadbiq qilish maqsadida turkiyalik tashkilotlar rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kelgusida uni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.
Maʼlumot o‘rnida, ushbu loyiha O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 11-oktyabrdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro tarraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4803-son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-106-son qarorlari”ning ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: