Suv — ne’mat. Dehqon yerga urug‘ qadar ekan mo‘l hosil olish haqida bosh qotiradi. O‘simliklar, poliz ekinlari, rezavorlar nainki qishloq xo‘jaligida suvning ahamiyati katta. Urug‘ unib, hosil berishi uchun ham suv kerak, yerning holatini saqlash va yaroqli holga keltirish uchun ham muhim.
Biroq, bugungi kunda sug‘orish qishloq xo‘jaligining muhim jihati bo‘lishiga qaramay, ko‘plab dehqon va fermerlar, xuddi mesopotamiyaliklar 4000 yil oldin qilganidek, o‘z dalalarini katta hajmdagi suv bilan sug‘orishmoqda.
Yuqori hosil uchun ko‘p suv kerak degan eskicha yondashuvdan voz kechish kerakmi? Albatta. Suvning uchdan ikki, ba’zan to‘rtdan uch qismini isrof qilishdan tashqari, bostirma usuli bilan sug‘orish o‘simliklarning ortiqcha sug‘orilishiga olib kelishi mumkin, bu esa ularning o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ortiqcha o‘g‘itlar daryo va ko‘llarga tushib, toza suv manbalarini ifloslantirishi mumkin.
Kam suv sarfi sifatli va mo‘l hosil, yuqori daromad uchun to‘siq emas, aksincha zamonaviy yechim ham bor. Yechim esa suv tejovchi texnologiyalardir.
Qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalar va texnologiyalar fermerlarga o‘z ekinlarini yetarli miqdorda suv bilan ta’minlashning oqilona usullarini taklif qilmoqda. Masalan, N-Drip mikro tomchilatib sug‘orish tizimi suvning asta-sekin o‘simliklar ildiziga oqib tushishini ta’minlab, ekinlarning o‘sishi uchun zarur muhit yaratadi. Bu texnologiya suv sarfini 50 hatto 70 foizgacha kamaytirish va hosil sifatini yaxshilash imkonini beradi.
Texnologiya afzalligi shundaki, tomchi ekinning tomirlarigacha yetib boradi. Hattoki minerallash, yoki bio qo‘shimchalar bilan oziqlantirishda ham inson omilisiz, avtomatik rejimda markazlashgan tizim orqali amalga oshiriladi. Bu esa ortiqcha sarf xarajat, suvning isrof bo‘lishining oldini oladi. Ushbu texnologiya bir so‘z bilan aytganda, dehqonning reja qilgan hosili o‘ylaganidan ham yuqori va sifatli bo‘lishining kafilidir.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: